11:38 / 30.11.2016
8446

Qoraqalpog‘istonda Artel'ning navbatdagi servis markazi ochildi

Dunyoga mashhur maishiy texnika ishlab chiqaruvchi kompaniya borki ishlab chiqarish sifati va iste'molchi haqida g‘amxo‘rlik qilishni avtomatik ravishda kafolatlaydi. Maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchi Artel kompaniyasi ham o‘z mahsulotlarining sifati, qulayligi va foydalanishda ishonchli ekanligiga kafolat beradi.

Artel mahalliy markasi xaridorlarga Toshkent hamda O‘zbekistonning har bir viloyatida o‘z xizmatlarini taklif qilmoqda. Kompaniyaning eng yangi texnologiyalarni qo‘llovchi professional ustalari sizlarga xizmat ko‘rsatishga tayyor.

Artel o‘z mijozlarining qulayligi uchun qayg‘uradi, shu bois respublikaning istalgan nuqtasidagi servis markazi tunu kun xizmatda. Kompaniyaning bosh maqsadlaridan biri mijozlar bilan aloqa uzmaslik, ularning xizmatiga doim kamarbasta bo‘lish.

Endilikda Artel servis markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy shahri, Shayx Abbos Valiy ko‘chasi 9/21A uy manzilida ish boshladi.

Bizning servis markazlarimizda mutaxassislar siz tomoningizdan xarid qilingan Artel savdo markasining texnikasi bilan bog‘liq har qanday muammoni hal qilishga doim tayyorlar.

Batafsil ma'lumot uchun bizning yagona axborot markazimizga murojaat qilishingiz mumkin:
+99871 148-88-88

Top