10:02 / 30.11.2016
24215

Kurdistonda 134 yoshli erkak borligi ma'lum bo‘ldi

Foto: Twitter/SamanMovahed

Iroqning Kurdiston viloyatidagi aholini ro‘yxatga olish milliy jarayonida mamlakatdagi eng yoshi katta inson – 134 yoshli Ahmad So‘fi aniqlandi. Bu haqda Press TV xabar bermoqda.

Erkak Sakkez shahrida istiqomat qiladi. Hujjatlarga ko‘ra, u 1882 yilning fevralida tavallud topgan.

So‘fining farzandlari yo‘q ekani, biroq to‘rtta asrab olgan bolasi borligi ma'lum bo‘ldi. Qarindoshlarining aytishicha, u juda ham mehribon va oliyjanob inson ekan. Shuningdek, erkak hech qachon kasallanmaganini ham aytib o‘tishdi.

Bunga qadar eronlik 130 yoshli Kamyaran fuqarosi eng yoshi katta inson deb tan olingandi.

Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, dunyodagi eng keksa kishi deb indoneziyalik 145 yoshli Sodimejo hisoblanadi. Rasman esa italiyalik 117 yoshli Emma Morano eng yoshi katta inson deb tan olingan.

Mavzuga oid
Top