20:05 / 30.11.2016
24305

Neft bozori taqdirini hal qiluvchi 14 davlat

OPeK a'zolari ikki yil avval qazib olishni qisqartirishga ovoz berishgach, neft narxlari keskin tushib ketdi. RBC Capital Markets tadqiqot guruhi 14 ishtirokchi-mamlakat reytingini tuzib chiqdi. Undagi har bir davlat 1 dan 10 gacha ballni oldi. 1 – mamlakatdagi ahvol yaqin yillarda barqaror bo‘ladi, 10 – vaziyat juda ham murakkab.

Qatar

Foto: Insider.pro

Joriy yildagi xavf: 2
O‘tgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 0,62 mln barrel
2015 yil olingan neftning o‘rtacha hajmi: kuniga 0,67 mln barrel
Qatar – tabiiy gaz sohasidagi eng yirik o‘yinchidir. Tahlilchilarning fikricha, “mamlakat yaqin o‘n yil davomida jiddiy muammolarga duch keladi”.

 

Birlashgan Arab Amirliklari

Foto: Insider.pro

Joriy yildagi xavf: 2
O‘tgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 3,11 mln barrel
2015 yilda olingan neftning o‘rtacha hajmi: kuniga 2,88 mln barrel
Forz ko‘rfazining boshqa davlatlari kabi BAA ham neft narxlarining tushib ketishiga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rgani ma'lum bo‘ldi. Biroq, ular ham xarajatlarni jiddiy kamaytirishdi.

 

Kuvayt

Foto: Insider.pro

Joriy yildagi xavf: 3
O‘tgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 2,96 mln barrel
2015 yilda olingan neftning o‘rtacha hajmi: kuniga 2,85 mln barrel
Kuvayt aholisi unchalik bo‘lmasa-da, davlat mustaqil jamg‘armasi juda ham katta zaxiraga ega. 2016 yilda esa mamlakatda tushunarsiz holatlar yuz bera boshladi. Aprelda neftchilar hukumat tomonidan qisqartirish haqidagi taklifga javoban ish tashlash haqida e'lon qilishdi. Amir esa yaqinda parlamentni tarqatib yubordi. Bu holat deputatlar va hukumat o‘rtasida yoqilg‘iga bo‘lgan narxlarning oshishi sabab yuzaga kelgan bahslar tufayli sodir bo‘ldi.

 

Indoneziya

Foto: Insider.pro

Joriy yildagi xavf: 3
O‘tgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 0,74 mln barrel
2015 yilda olingan neftning o‘rtacha hajmi: 0,79 mln barrel
Indoneziya iqtisodiyotga Xitoyga qattiq bog‘lanib qolgan. Davlatga tegishli bo‘lgan Pertamina neft kompaniyasi 2017 yilda ishlab chiqarishni 42 foizga oshirmoqchi ekani ham ma'lum bo‘ldi

 

Eron

Foto: Insider.pro

Joriy yildagi xavf: 5
O‘tgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 3,68 mln barrel
2015 yilda olingan neftning o‘rtacha hajmi: kuniga 2,81 mln barrel
Erondan yaqinda sanksiyalar olib tashlandi. Biroq Donald Tramning AQShdagi saylovlarda g‘alaba qozonishi mamlakat uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

 

Ekvador

Foto: Insider.pro

Joriy yildagi xavf: 5
O‘tgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 0,56 mln barrel
2015 yilda olingan neftning o‘rtacha hajmi: kuniga 0,54 mln barrel
Ekvadorda aprelda yuz bergan kuchli yer silkinishidan so‘ng Xitoy har tomonlama yordam qo‘lini cho‘zdi. Shundan so‘ng, davlatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yanada kuchayib, iqtisodiy do‘stlik mustahkamlandi.

 

Angola

Foto: Insider.pro

Joriy yildagi xavf: 6
O‘tgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 1,66 mln barrel
2015 yilda olingan neftning o‘rtacha hajmi: kuniga 1,8 mln barrel
Angola o‘tgan yili Afrikadagi eng yirik neft oluvchi davlatga aylandi. Biroq, mamlakatda pulning qadrsizlanishi yuqori darajaga yetgan. Hukumatda ham korrupsiya bilan bog‘liq majoralar avj olgan.

 

Saudiya Arabistoni

Foto: Insider.pro

Joriy yildagi xavf: 6
O‘tgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 10,58 mln barrel
2015 yilda olingan neftning o‘rtacha hajmi: kuniga 10,24 mln barrel
Ma'lumki, Saudiya Arabistoni OPeKning eng muhim a'zosi sanaladi. Tashkilot tomonidan olinayotgan mahsulot miqdorini qisqartirish ham ushbu davlat tufayli amalga oshishi mumkin.

 

Gabon

Foto: Insider.pro

Joriy yildagi xavf: 6
O‘tgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 0,2 mln barrel
2015 yilda olingani neftning o‘rtacha hajmi: kuniga 0,21 mln barrel.
Mamlakatdagi so‘nggi prezidentlik saylovi norozilik namoyishlari  sabab o‘tkazildi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, aksiyalarda uch kishi halok bo‘lib, 105 inson jarohatlandi va 800 ga yaqin namoyishchi hibsga olindi

 

Jazoir

Foto: Insider.pro

Joriy yildagi xavf: 8
O‘tgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 1,11 mln barrel
2015 yilda olingan neftning o‘rtacha hajmi: kuniga 1,1 mln barrel
Jazoir birdaniga ikki muammo bilan to‘qnash keldi: moliyaviy inqiroz va terrorchilik xavfi. Shu bilan bir qatorda, mamlakatning 79-yoshli prezidenti Abdulaziz Buteflikaning sog‘lig‘i ancha yomonlashgan.

 

Iroq

Foto: Insider.pro

Joriy yildagi xavf: 9
O‘tgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 4,59 mln barrel
2015 yilda olingan neftning o‘rtacha hajmi: kuniga 4,03 mln barrel
Iroq hukumati neft olishni qisqartirish IShID bilan kurashda yordam berishini bildirmoqda. Biroq, mamlakat moliyaviy ahvoliga neftning arzon narxlari ko‘proq xavf soladi.

 

Liviya

Foto: Insider.pro

Joriy yildagi xavf: 9
O‘tgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 0,52 mln barrel
2015 yilda olingan neftning o‘rtacha hajmi: kuniga 0,39 mln barrel
Muammar Qazzofiy hukumatdan yiqitilgach, Liviyada katta tartibsizliklar yuzaga keldi. Hozirda ham bu yerda avvalgi neft darajasini tiklash imkoni deyarli yo‘q.

 

Nigeriya

Foto: Insider.pro

Joriy yildagi xavf: 10
O‘tgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 1,67 mln barrel
2015 yilda olingan neftning o‘rtacha hajmi: kuniga 1,94 mln barrel
Bu yerdagi vaziyat asosan qashshoqlik, korrupsiya va qurol-yarog‘ tufayli beqarordir. Nigeriya ham xuddi Liviya singari mavhum o‘yinchilardan biri sanaladi.

 

Venesuela

Foto: Insider.pro

Joriy yildagi xavf: 10
O‘tgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 2,18 mln barrel
2015 yilda olingan neftning o‘rtacha hajmi: kuniga 2,36 mln barrel
Venesuelaga ayni kunlarda siyosiy va iqtisodiy halokat xavf solmoqda: iqtisodiyot tanazzulga yuz tutgan, to‘lov nisbati ham eng pastki darajada, pulning qadrsizlanishi oshib bormoqda, oziq-ovqat va birinchi galdagi tovarlar yetishmaydi.

Top