23:25 / 30.11.2016
17643

OAV Ukrainaning sobiq bosh vaziri Mayamida 24 ta villa sotib olganini ma'lum qildi

Foto: Nadia Mackenzie / Arcaid / Globallookpress

Ukraina OAVda Ukrainaning sobiq bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk tomonidan AQShning Florida shtatida bir nechta villa sotib olingani haqidagi xabar paydo bo‘ldi. Bu haqda ukrainalik tadbirkor Oleg Torgaloga iqtibos keltirgan holda "Obozrevatel" nashri yozgan.

Torgaloning aytishicha, Yatsenyuk Mayamiga uchib kelib, narxi bir million dollardan 5 million dollargacha bo‘lgan 24 ta ko‘chmas mulk obekti sotib olgan. Tadbirkor bu xabarni berishda Mayamida yashovchi va o‘n yildan ko‘proq vaqtdan beri ko‘chmas mulk sotish bilan shug‘ullanuvchi do‘stiga iqtibos keltirmoqda.

"U menga o‘zini aqlbovar qilmas xavflarga qo‘ygan, Maydanimiz qahramoni Arseniy Yatsenyuk haqida so‘zlab berdi. Aniqlanishicha, u yaqinda Mayamiga uchib kelgan va 24 ta obekt (villa) sotib olgan. Hamma obektlarni kataloglar bo‘yicha tanlagan, ba'zilarini o‘zi ko‘rgan, ba'zilariga esa yordamchilarini yuborgan", deb yozgan Torgalo feysbukda.

Torgalo ushbu axborot "aniqligini" va bu xabar uchun "100 foiz javob berishini" ta'kidlab o‘tgan. Bundan tashqari, Torgalo Yatsenyukning AQShdagi bu faoliyati bilan bog‘liq holda jurnalistik tergov tashkillashtirishga va'da bergan.

 

Top