17:32 / 30.11.2016
21705

Rossiya MSK a'zosi O‘zbekiston endigina demokratiyaga yuz tutdi deb hisoblamoqda

RF Markaziy saylov komissiyasi (MSK) a'zosi, "Spravedlivaya Rossiya" ("Adolatli Rossiya") partiyasi raisi Nikolay Levichev ShHTdagi missiyasi doirasida O‘zbekistondagi prezidentlik saylovlarini kuzatar ekan, mamlakatning endigina demokratik rivojlanish yo‘lidan borayotganligini ta'kidladi. Bu haqida RIA "Novosti"da maqola chop etildi

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) missiyasi seshanba kunidan boshlab 4 dekabrda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarini kuzatish ishlarini yo‘lga qo‘ydi. Levichev O‘zbekistondagi to‘rt rasmiy partiyaning har biri o‘z nomzodini taqdim etganini ta'kidladi. 

"Xalqaro standartlar mushtarakligiga qaramay, biz baribir, demokratik rivojlanish yo‘lidan borayotgan mamlakatlardagi milliy-madaniy, ijtimoiy-siyosiy an'analar boshqalardan jiddiy farq qilishi hamda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishiga guvoh bo‘lyapmiz", - dedi u chorshanba kuni jurnalistlarga. 

Levichev "O‘zbekistondagi saylov jarayonlarining o‘ziga xos jihatlariga xayrihohlik bilan yondashish"ni tavsiya qilmoqda. 

"Men hali ko‘p narsani ko‘rishga ulgurmadim, lekin respublikaning azaliy oilaviy an'analari elektoral saylovga ta'sir qilmay iloji yo‘qligini yaxshi anglayapman. Men shunday o‘zbeklarni bilamanki, ular 30 yoshdan oshganda 3 farzandli bo‘la turib ham, har qanday savolga "otam nima desa, shu", deb javob berishadi". Har holda bu murakkab jarayon - bir tomondan, har bir saylovchining erkin fikr bildirishini ta'minlashga harakat qilish kerak", - deb hisoblaydi u. 

Shuningdek, Nikolay Levichev siyosatchilarning fikricha, prezidentlik lavozimiga asosiy da'vogar - Liberal-demokratik partiya (O‘zLiDeP) tomonidan nomzodi taqdim etilgan Sh.Mirziyoyev ekanligini aytgan va uning harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmasligiga urg‘u bergan. 

Top