10:59 / 30.11.2016
6034

Jahonga mashhur kompaniyalar Amnesty International nishoni ostida

Nestle, Unilever, Kellogg va Procter & Gamble kabi jahonga mashhur korporatsiyalar o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarishda Indoneziya plantatsiyalaridagi palma yog‘laridan foydalanishadi. U yerda esa bolalar mehnati ekspluatatsiya qilinadi. Amnesty International'ning rasmiy saytida joylashtirilgan hisobotida shu haqida ma'lum qilindi

Tergov davomida Amnesty International palma yog‘ini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi va yuqorida nomlari qayd etilgan kompaniyalarning yetkazib beruvchisi bo‘lgan Osiyoning Wilmar kompaniyasida faoliyat olib boruvchi 120 ishchini so‘roq qildi. Ma'lum bo‘lishicha, so‘roq qilinganlarning ko‘pchiligi ish vaqtidan tashqari ham mehnatga jalb qilingan, biroq kam maosh olgan. Ishlab chiqarishda bolalar va majburiy mehnat turi qo‘llangan, mehnat sharoitlari esa ishchilar sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan. 

"Kompaniyalar ishchi kuchi ekspluatatsiyasiga ko‘z yumishmoqda va dahshatli qonunbuzarliklarga qaramay, bundan daromad  olishda davom etishmoqda", - dedi Amnesty International tadqiqotchisi Megna Abraham.

Hisobotga javoban Wilmar'da palma yog‘ini tayyorlashda haqiqatda muammolar mavjudligi tan olindi va ularni hal qilish uchun davlat, biznes va fuqarolik jamiyati tashkilotlarining birgalikda harakat qilishi kerakligiga ishora qilindi. Amnesty International ayblagan kompaniyalar kuzatuv natijalarini inkor qilishdi, ba'zilari esa bu borada tekshiruv olib borishlarini aytishdi. 

Mavzuga oid
Top