12:10 / 01.12.2016
7917

2017 yilda taqib yuriluvchi qurilmalar bozorida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Ikki yil muqaddam Uoll-Strit va Kremniy vodiysi ekspertlari tez orada taqib yuriluvchi qurilmalar bozorida yana bir ilgari sakrash yuz berishini aytishgan edi. Biroq, Piter Linch o‘zining «Uoll-Stritga qarshi bir o‘zi» nomli kitobida aytganidek, «ko‘p hollarda bu kabi o‘zgarishlar haqidagi xabarlar yolg‘on bo‘lib chiqadi». 

Ekspertlar, aslida, Apple Watch soatlari paydo bo‘lgach, shunday fikrlarni bildirishgandi. Xususan, Morgan Stanley tahlilchisi Keti Xbyuberti birinchi yilda 60 mlndan ortiq soat sotilishini taxmin qilgan edi. Ammo 2015 yilda Apple 12 mln soat sotgan bo‘lsa, bu yil raqobat kuchaygani bois, mahsulotlar savdosi yanada qisqardi.  Aqlli soatlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniya Fitbit aksiyalari dastlab 20 dollardan 50 dollargacha ko‘tarildi, ammo keyinchalik xaridlar, xarajatlar ortishi va bozorning bu kabi mahsulot bilan o‘ta ta'minlanganligi sababli 8 dollargacha tushib ketdi. 

Xo‘sh, shunday ekan, kelgusida bu borada biron ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanishi mumkinmi? Keling, 2017 yilda ushbu sohaga ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ayrim jihatlarni ko‘rib chiqamiz. 

IDC ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yil III choragida aqlli soatlarni yetkazib berish 51,6 foizga pasaygan. Apple kompaniyasi bor-yo‘g‘i 1,1 mln dona soatini sotishga muvaffaq bo‘lgan, bu 2015 yilgi ko‘rsatkichdan 71,6 foizga kam demakdir. Garmin kompaniyasi esa aksincha mahsulotlar yetkazib berishni 324,2 foizga oshirishga erishgan, yillik hisobda 600 donagacha yetkazgan. Kompaniya savdolar bo‘yicha Apple kompaniyasidan so‘ng, ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘ringa tushib ketgan Samsung shu paytga qadar bozorga 400 ming dona qurilmasini chiqargan. 

Bunda, Koreya kompaniyasining Gear S2 mahsulotiga qiziqish yuqori bo‘lgan. Shunga ko‘ra, 2017 yil Apple o‘z yetakchiligini saqlashning uddasidan chiqa oladimi yoki iOS dasturi bilan hamkorlik qila oladigan soatlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradimi?, degan savolga oydinlik kiritadi. 

Sport trekerlari bozorining o‘sishi sababli Garmin qo‘lga taqiluvchi qurilmalar ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘ringa chiqib oldi. Bu borada Fitbit, Xiaomi va Apple yetakchi uchlikni tashkil etmoqda. Bundan tashqari, Garmin va Fitbit boshqa raqobatchilarga qaraganda ustunliklaridan samarali foydalanishga urinmoqda. 

2016 yil II choragida Garmin 1,6 mln dona mahsulot yetkazib bergan hamda yillik o‘ssishini 1,6 foizga yetkazgan. Ayni chog‘da, Fitbit savdosi atigi 28,7 foizga o‘sib, 5,7 mln donani tashkil etgan. Garmin har bir sport yo‘nalishi uchun alohida mahsulotni taklif etadi. 

IDC taxminlariga ko‘ra, taqiluvchi qurilmalar: fitnes trekerlar, aqlli soatlar, smartko‘zoynaklar va liboslarning umumiy talabi 2020 yilga kelib yiliga 213,6 mln donani tashkil etadi. Shu bilan birga, aqlli liboslar bozori unchalik ham rivojlanmayotgan bo‘lsa-da, Under Armour, Samsung, Google va boshqa kompaniyalar internetga ulangan liboslar prototiplarini sinovdan o‘tkazmoqda. 

Top