15:47 / 01.12.2016
25728

Hasanboy Do‘smatov "Oltin Mangust" xalqaro mukofotiga loyiq topildi

Boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov va boks murabbiyi Ravshan Xadjayev "Oltin Mangust" xalqaro mukofotiga loyiq topildi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, Hasanboy Do‘smatov va Ravshan Xadjayev sovrin topshiriladigan gala-konsertda ishtirok etish uchun 1 dekabr kuni Odessa shahriga jo‘nab ketishdi.

"Oltin Mangust" - xalqaro mukofoti jahon maydonlarida yuksak natijalarga erishgan sportchilarni sharaflash, sport an'analarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi va sport rivojiga hissa qo‘shgan murabbiylar, faxriylarni e'zozlash maqsadida tasis etilgan.

"Oltin Mangust - 2016" laureatlarini taqdirlash marosimi 2 dekabr kuni Odessa shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top