18:23 / 01.12.2016
5964

Messi, Ronaldu va yana 53 futbolchi FIFAning yil jamoasiga nomzodlar qatorida

Xalqaro futbol ittifoqi FIFA Professional futbolchilar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga 55 nafar nomzod futbolchilar ro‘yxatini e'lon qildi.

Yil jamoasi 75ta mamlakatning 25 mingdan ortiq professional futbolchilari tomonidan aniqlanadi.

Har bir futbolchi bitta jamoa uchun bir darvozabon, to‘rt himoyachi, uch yarimhimoyachi va 3 hujumchiga ovoz berishi mumkin.

Ro‘yxatdan joy olgan 55 nafar nomzodlar quyidagicha:

Darvozabonlar: Klaudio Bravo («Barselona»/«Manchester Siti»), Janluidji Buffon («Yuventus»), David de Xea ( «Manchester Yunayted»), Keylor Navas («Real»), Manuel Noyyer («Bavariya»).

Himoyachilar: David Alaba («Bavariya»), Jordi Alba («Barselona»), Serj Ore («PSJ»), Ektor Belerin («Arsenal»), Jyerom Boateng («Bavariya»), Leonardo Bonuchchi («Yuventus»), Daniel Karvaxal («Real»), Jorjio Kellini («Yuventus»), Dani Alves («Barselona»/«Yuventus»), David Luis («PSJ»/«Chelsi»), Diyego Godin («Atletiko»), Mats Hummels («Borussiya» D/«Bavariya»), Filipp Lam («Bavariya»), Marselo («Real»), Xaver Maskerano («Barselona»), Pepe («Real»), Jyerard Pike («Barselona»), Serxio Ramos («Real»), Tyago Silva («PSJ»), Rafael Varan ( «Real»).

Yarimhimoyachilar: Xabi Alonso («Bavariya»), Serxio Buskets («Barselona»), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Eden Azar («Chelsi»), Andres Inesta («Barselona»), N`Golo Kante («Lester»/«Chelsi») Toni Kroos («Real»), Luka Modrich («Real»), Mesut O‘zil («Arsenal»), Dimitri Payyet («Vest Hem»), Pol Pogba («Yuventus»/«Manchester Yunayted»), Ivan Rakitich («Barselona»), David Silva («Manchester Siti»), Marko Verratti («PSJ»), Arturo Vidal («Bavariya»).

Hujumchilar: Serxio Aguero («Manchester Siti»), Garet Beyl («Real»), Karim Benzema («Real»), Krishtianu Ronaldu («Real»), Paulo Dibala («Yuventus»), Antuan Grizmann («Atletiko»), Gonsalo Higuain («Napoli»/«Yuventus»), Zlatan Ibrahimovich («PSJ»/«Manchester Yunayted»), Robert Levandovski («Bavariya»), Lionel Messi («Barselona») Tomas Myuller («Bavariya»), Neymar («Barselona»), Aleksis Sanches («Arsenal»), Luis Suares («Barselona») va Jyeymi Vardi («Lester»).

Yil jamoasi nomi 2017 yilning 9 yanvar kuni Tsyurixda o‘tadigan yil yakunlariga bag‘ishlangan tadbirda ma'lum qilinadi.

Mavzuga oid
Top