16:54 / 01.12.2016
3998

MSKning navbatdagi majlisida saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi

1 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Videokonferentsaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a'zolari, siyosiy partiyalar vakillari, xalqaro kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Majlisda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, saylov okruglari va uchastkalarida xavfsizlikni ta'minlash, saylov komissiyalarining saylov kuni ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar vakillarining axborotlari tinglandi.

5-Navoiy va 10-Toshkent viloyat okrug saylov komissiyalari raislari saylovga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.
Yig‘ilishda xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar kuzatuvchilarini, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilinib, ular yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini
yoritish bo‘yicha respublika matbuot markazi

Top