11:56 / 01.12.2016
17071

«Shapekoense» halokatiga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilindi

Kolumbiya fuqarolik aviatsiyasi xavfsizligi xizmati rahbari Freddi Bonilya bortida braziliyalik futbolchilar bo‘lgan samolyot halokatga uchrashi sababini ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Shapekoense» futbolchilari mingan samolyot yoqilg‘i tugab qolgani tufayli qulab tushgan.

Layner 29 noyabr kuni Medelin shahriga 50 kilometr masofa qolganida halokatga uchradi. Uning bortida 77 kishi: ekipajning 9 a'zosi va 68 yo‘lovchi bor edi. 6 kishi omon qoldi, 3 nafar futbolchi, bir jurnalist hamda ekipajning 2 nafar a'zosi.

«Biz kuzatuvlarimiz natijasida bildikki, samolyotda yoqilg‘i yetarli bo‘lmagan. Biz halokat sabablarini o‘rganish maqsadida tekshiruv o‘tkazdik. Umum tomonidan qabul qilingan standartlarga ko‘ra, laynerda mo‘ljaldagidan tashqari, yana 30 daqiqaga yetarli yoqilg‘i bo‘lishi kerak hisoblanadi. Afsuski, samolyotda fors-major holatlari uchun zaxira yoqilg‘i bo‘lmagan», — deya Bonilyuning so‘zlarini keltirgan Lider Web.

Top