20:32 / 01.12.2016
35421

Shavkat Mirziyoyev Turkiya rahbariga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga Adana shahridagi qizlar maktab-internatida yuz bergan fojiali hodisa — yong‘in natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi munosabati bilan samimiy ta'ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maktubda halok bo‘lganlarning va jarohat olganlarning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik va dalda so‘zlari izhor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 20 noyabr kuni Adana viloyatining Oladog‘ shahrida maktab yotoqxonasida kelib chiqqan yong‘in oqibatida 11 nafar o‘quvchi qiz halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top