18:20 / 01.12.2016
4262

«VKontakte» o‘z messenjerini ishga tushirdi

Rossiyaning «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i o‘z messenjerini ishga tushirdi. Bu haqida tarmoq blogida ma'lum qilindi.  

«VKontakte» messenjerini sinab ko‘rishni taklif qilamiz», - deyiladi xabarda. Ijtimoiy tarmoqda ta'kidlanganidek, bu lentadagi yangiliklarga chalg‘imay, muloqot qilishni istovchilar uchun ayni muddaodir. 

Messenjer do‘stlaringiz va hamkasblaringiz bilan chatlar tashkil qilish, surat va videolar almashish, hujjatlarni yo‘llash va audio yozishga imkon beradi.

«VKontakte» messenjerining beta-versiyasini macOS va Windows platformalarida qo‘llash mumkin.

Mavzuga oid
Top