12:10 / 02.12.2016
5485

87 mingdan ziyod kishi muddatidan ilgari ovoz berish jarayonida ishtirok etdi

O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan ilgari ovoz bergan fuqarolar soni 1 dekabr oqshomi holatiga ko‘ra 87,5 ming kishini tashkil etdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining matbuot xizmati ma'lum qilgan.

Muddatidan ilgari ovoz berish 24 noyabrda boshlangan bo‘lib, 2 dekabrga qadar davom etadi. Unda 4 dekabr kuni o‘z yashash joyida bo‘lmaydigan fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

Bu borada ertalab soat 09.00dan soat 18.00gacha saylov uchastkasiga murojaat qilinishi kerak bo‘ladi.

Top