15:57 / 02.12.2016
6601

KONMeBOL «Shapekoense»ni Kopa Sudamerikana g‘olibi deb e'lon qildi

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMeBOL) «Shapekoense» klubini Kopa Sudamerikana g‘olibi deb e'lon qilish haqidagi taklifga rozi bo‘ldi. Tashkilot o‘tkazilmay qolgan final uchrashuvining ikkinchi ishtirokchisi bo‘lmish Kolumbiyaning «Atletiko Nasonal» klubi tomonidan berilgan taklifni qabul qilgan. Bu haqda Globo telekanalida aytildi.

Shu tariqa, «Shapekoense» kelasi mavsumda Kopa Sudamerikana g‘olibi sifatida Libertadores kubogida ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Braziliyaning «Shapekoense» klubi Kopa Sudamerikana musobaqasi finalida aynan «Atletiko Nasonal» klubi bilan bellashishi lozim edi. Ammo jamoaning samolyoti bu o‘yinga uchib ketayotganida halokatga uchradi va uning deyarli barcha a'zolari nobud bo‘ldi. Shundan so‘ng, «Atletiko Nasonal» klubi «Shapekoense»ni Kopa Sudamerikana g‘olibi deb e'lon qilishni taklif qilgandi.

Mavzuga oid
Top