22:18 / 02.12.2016
10772

Tramp so‘kong‘ich Filippin prezidentini Oq uyga taklif qildi

Foto: © AFP

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp Filippin prezidenti Rodrigo Duterte bilan telefon orqali suhbatda unga 2017 yilda Oq uyga kelishni taklif qildi. Bu haqda Duterte maslahatchisi Kristofer Go bayonotiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Tramp va Duterte "juda qizg‘in, jonli" suhbat o‘tkazishgan. Suhbat 7 daqiqacha davom etgan.

Duterte ham o‘z navbatida Trampni Filippinga kelishga taklif qilgan.

Avvalroq Duterte o‘zini Tramp oldida molekuladek his qilishini aytgandi.

 

Mavzuga oid
Top