15:46 / 02.12.2016
4876

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi sport musobaqalari tashkillashtirmoqda

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi joriy yilning dekabr oyida “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan maxsus maktab internatlarida paralimpiya sportini yanada rivojlantirish maqsadida sport musobaqalari tashkillashtirmoqda. 

Shular jumlasidan 1 dekabr kuni Toshkent shahridagi 102-maxsus maktab internatida voleybol, stol tennisi va shaxmat sport turlari bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 100dan ortiq bolalar ishtirok etdi.

Tadbir so‘ngida Assotsiatsiya tomonidan barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Top