14:14 / 03.12.2016
6046

Xitoyda portlash sabab 21 kishi halok bo‘lgan shaxta egasi qo‘lga olindi

XXR politsiyasi Xeyluntszyan viloyatidagi Tsitayxe ko‘mir konida yuz bergan portlash sabablarini surishtirish ishlari doirasida to‘rt kishini hibsga oldi. Hodisa sabab 21 konchi halok bo‘lgandi, deb xabar qiladi Sinxua agentligi mahalliy hukumatga asosan.

Agentlikning ta'kidlashicha, shaxta egasi va uch menejyer qo‘lga olindi.

21 konchining jasadi esa juma kuni vayronalar tagidan chiqarib olindi. Yana bir insonning taqdiri noma'lumligicha qolmoqda. Voqea sabablari hozircha aniqlanmagan.

Mavzuga oid
Top