20:24 / 03.12.2016
7987

Tayson Fyuri boksga qaytishini e'lon qildi

Foto: Getty Images

Britaniyalik bokschi, og‘ir vazn toifasida WBO va WBA versiyalari bo‘yicha sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri boksga qaytishini e'lon qildi. 28 yoshli sportchi bu haqda tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi.

"Butun divizionni tilka-pora qilish uchun yaqin orada qaytaman!", deb yozgan Fyuri hamda uning promouteri Frenk Uorren u uchun har oy jang uyushtirishini qo‘shimcha qilgan.

13 oktabrda Fyuri giyohvand moddalarga ruju qo‘yganligiga qarshi kurashish uchun chempionlik unvonlaridan voz kechgandi.

5 oktabrda bokschi unga depressiyaga qarshi yordam berishi sababli kokain qabul qilishini tan olgan. Bundan ikki kun avval britaniyalik faoliyatini tugatayotganini, biroq shu kunning o‘zida bu hazil bo‘lganini aytgan.

 

Top