16:34 / 03.12.2016
5030

Joze Mourino «Manchester Yunayted» bu mavsum chempion bo‘la olmasligini aytdi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoasi bilan Angliya premer-ligasida chempion bo‘lmoqchi ekani, ammo bu joriy mavsumda amalga oshmasligi mumkinligi haqida gapirib o‘tdi.

«Klubga yangi murabbiy kelganida oldingi jamoa ustozining ishiga turlicha o‘zgartirishlar kiritadigan holatlar kuzatiladi. Bunday vaziyatda yangi mutaxassisning ozgina barmoq izlari sezilishi mumkin va bu orqali jamoa ko‘p narsalarga erisha oladi. Biroq biz bu yo‘ldan borayotganimiz yo‘q.

Biz barchasini boshqattan boshlamasdan ketganimizda juda yaxshi natijalar qayd etishimiz mumkin edi. Men taktik model haqida emas, jamoaning qanday o‘ynashi haqida gapirmoqdaman. Futbolda jamoaning o‘yinini o‘zgartirish – eng qiyin ish.

Biz hech bir shubhasiz, o‘yinimizni o‘zgartiryapmiz, rivojlantirmoqdamiz. Biz qayerga qarab ketayotganimizni yaxshi bilamiz. Maqsadimiz – chempion bo‘lish. Ammo bu mavsumda bu ishni amalga oshirishni iloji bo‘lmas, biroq keyingi mavsumda – albatta bo‘ladi» - deya Mourinodan iqtibos keltiradi FourFourTwo.

Mavzuga oid
Top