19:10 / 04.12.2016
6087

Bir necha davlat Halab bo‘yicha BMT Bosh Assambleyasi sessiyasini o‘tkazishni talab qilishdi

Foto: © AP

Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA va Turkiya BMT Bosh Assambleyasining favqulodda sessiyasini o‘tkazishga chaqirmoqda. Unda Suriyaning Halab shahridagi vaziyat muhokama qilinishi kerak. Ushbu shaharda Suriya hukumat qo‘shinlari va qurollangan muxolifat o‘rtasida ayovsiz janglar davom etmoqda. Bu haqda "Al-Jazira" telekanali yuqoridagi davlatlarning qo‘shma bayonotiga asoslangan holda xabar qilmoqda. 

Ta'kidlanishicha, XKda yakdil fikr shakllanmagani bois, ushbu muammoni hal etish imkoni bo‘lmagan. Shunga ko‘ra, tavsiyalar ishlab chiqish uchun ushbu majlisni o‘tkazish maqsadga muvofiq. Saudiya Arabiston, Qatar, BAA va Turkiya qurollangan Suriya muxolifatini qo‘llab-quvvatlab keladi. Avvalroq, Qatar hukumati muxolifatni qurollantirishni davom ettirishini ta'kidlagan edi. 

Suriyaning yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Halabning g‘arbiy qismi hukumat kuchlari nazoratida bo‘lib, sharqiy hududlarini turli qurollangan guruhlar, jumladan "Jabhat an-Nusra" jangarilari ham egallab olgan. Suriya armiyasi ularni qamal qilish bilan shaharni tark etishga majbur qilmoqchi. 

 

Top