21:19 / 04.12.2016
12675

Bir oydan keyin WhatsApp millionlab smartfonlarda ishlamasligi ma'lum qilindi

Foto Reuters

2016 yil oxiriga WhatsApp millionlab smartfonlarda ishlamaydi. Smartfon egalari bu dastur orqali na xabar yubora oladilar, na uni qabul qila oladilar, deb yozmoqda The Independent messenjer matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda.  

Gap Android 2.1 va 2.2, Windows Phone 7, IPhone 3GS / IOS 6 operatsion tizimlari ostida boshqariluvchi qurilmalar haqida ketmoqda. Bundan tashqari, 2017 yil iyunida dastur BlackBerry, Nokia S40 va Nokia Symbian S60 smartfonilarida ishlashdan to‘xtaydi. 
  
Bu qurilmalar egalari dasturdan foydalana olishlari uchun zamonaviyroq qurilmalar sotib olishlariga to‘g‘ri keladi, deb yozmoqda nashr.

Kompaniyada bunday qaror eski platformalar kelgusida dasturning tayyorlanayotgan yangi funksiyalarini eplay olmasligi bilan tushuntirildi. Shuning uchun bu muammoga uchramaslik uchun zamonaviy smartfonlar tutgan ancha osonroq bo‘ladi.

 

Mavzuga oid
Top