21:25 / 04.12.2016
10381

Dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi ma'lum qilindi

Birlashgan Arab Amirliklarining milliy aviakompaniyasi Etihad Airways sayyohlik sohasidagi xalqaro tanlovda bosh mukofotni oldi. Kompaniya har yili an'anaviy ravishda o‘tkaziladigan World Travel Awards mukofotida (WTA) ketma-ket 8-marotaba dunyoning eng bosh aviakompaniyasi deb topilmoqda. Mukofot Grand Final Gala Ceremony 2016 tadbiri davomida topshirildi.

Aviakompaniya shuningdek xizmat ko‘rsatish va mehmondo‘stlik nuqtai nazaridan "Dunyodagi eng yaxshi birinchi toifa" yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi.

WTA sayyohlik sohasidagi o‘ziga xos "Oskar" mukofoti hisoblanadi. Grand Tour-2016 davomida yuz mingdan ko‘proq odam 1,2 mln martadan ko‘proq ovoz bergan.

Oxirgi bir necha yil ichida Etihad Airways ko‘plab nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lib kelmoqda.

 

Mavzuga oid
Top