21:28 / 04.12.2016
8058

"Istiqlol" san'at saroyida yozgi Paralimpiya g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi joriy yilning 3 dekabr kuni an'anaga aylangan paralimpiya sportchilariga bag‘ishlangan "Orzu bir-Dunyo bir" nomli katta galakonsertini Istiqlol san'at saroyida o‘tkazdi.

Ushbu konsert dasturiga asosan Braziliyaning Rio-De-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XV yozgi Paralimpiya O‘yinlarida munosib ishtirok etib ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritilgan paralimpiya sportchilariga "yilning eng yaxshi erkak sportchisi", "yilning eng yaxshi ayol sportchisi", "yilning eng yaxshi murabbiyi" va "yilning eng yosh sportchisi" yil nominatsiyalari bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari ushbu nominatsiya g‘oliblariga assotsiatsiya tomonidan qimmatbaho sovg‘alar berildi. Galakonsertda elimizning yorqin yulduzlari va san'atkorlari o‘zlarining san'atlari bilan barchani xushnud etdilar.

Top