20:51 / 04.12.2016
9183

Maxsus reportaj: Saylovning so‘nggi daqiqalari

Saylov jarayonlari ham o‘z yakuniga yetdi. Fuqarolar  saylovda faol ishtirok etishdi. Kun nashri muxbiri ham yopilishidan avval saylov uchastkalarida bo‘lib, saylovchilarning taassurotlari bilan bo‘lishdi.

Normuhamedova Feruza:

Bugun kuzatuvchi bo‘lib ishtirok etdik. Shu o‘rinda o‘z ovozimizni ham berdik. Saylov jarayoni haqqoniy o‘tdi. Mahallamiz fuqarolari chiqib, o‘z nomzodlariga faol tarzda ovoz berishdi.

Hojiakbarova Sharifa:

Saylovda birinchi marotaba ishtirok etmoqdaman. Avvaliga qandaydir qo‘rquv bor edi. Biroq bugungi kun xuddi bayramdek o‘tdi. Biz ovoz berib saylagan inson munosib yurtboshi bo‘lishiga ishonamiz. 

 

Mirzaxo‘jayev Sharif, tadbirkor:

Kun davomida ba'zi ishlar bilan band bo‘lganim uchun kechki payt saylovda ovoz berishga tashrif buyurdim. Ertaga natijalarni intiqlik bilan kutaman.


Mahbuba Aminova, komissiya a'zosi:

Saylov jarayoni juda uyushqoqlik bilan o‘tdi. Barcha fuqarolar ko‘tarinki kayfiyatda o‘z ixtiyori bilan ovoz berdi. Bugungi saylov chiroyli yakun topganidan xursandman.

Mavzuga oid
Top