22:52 / 04.12.2016
5710

Tailandda yangi qirolni haqoratlagan birinchi kishi hibsga olindi

Tailandda yangi qirol Maxa Vachiralongkorni haqorat qilganlik uchun birinchi hibsga olish o‘tkazildi. Hibsga olingan "Dao din" talabalar harakati ishtirokchisi Yatupat Bunpattaraksa bo‘ldi, u feysbukda Tailandning yangi hukmdori haqidagi maqola bilan bo‘lishgan. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda

Maqolada yangi qirolning shaxsiy hayotidagi mavzu ko‘tarilgan va u o‘z rafiqalari bilan uch marta ajrashgani ta'kidlab o‘tilgan. Vachiralongkor 1 dekabrda taxtni egalladi va talaba Tailandning yangi qirolini haqoratlagani uchun jazo oladigan birinchi talaba bo‘lishi mumkin.

"Dao din" talabalar harakati 2014 yildagi to‘ntaruvdan keyin Tailandda o‘rnatilgan harbiy diktaturaga qarshi chiqadi. Tashkilot o‘z faolining ozod qilinishini talab qilmoqda. Talaba avval ham mamlakatdagi harbiy tuzumni tanqid qilgani uchun hibsga olingandi.

Maxa Vachiralongkorn otasi, Tailandning sobiq qiroli Pxumipon Adulyadet 2016 yil oktabrdagi vafotidan keyin taxtni egalladi. Sobiq qirol 70 yildan ko‘proq vaqt taxtni egallagan. Tailandda qirolni haqoratlaganlik uchun 3 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi ko‘zda tutilgan.

 

Mavzuga oid
Top