20:13 / 04.12.2016
33397

O‘zbekistonda prezident saylovida ovoz berish yakunlandi

O‘zbekistonda mamlakat prezidenti saylovida ovoz berish yakunlandi. Soat 19:00 holatiga ko‘ra, davomat 86,62 foiz edi, saylovchilarning ishtiroki bo‘yicha yakuniy statistika soat 22:00da beriladi.

«Saylov uchastkalari yopildi. Ovoz berish jarayoni tugadi, saylov komissiyasi xodimlari ovozlarni hisoblashga kirishdi. Shu paytga qadar saylovda qoida buzilish holatlari qayd etilmadi», ─ deya ma'lumot bergan O‘zbekiston MSK raisi o‘rinbosari Komiljon Odilov.

Saylov uchastkalari tonggi soat 06:00da ochilgandi. Ayni vaqtda xorijda saylovda ovoz berish davom etmoqda.

Top