10:59 / 05.12.2016
10764

Alibaba Group asoschisi: “Men ofisda o‘lib qolishni istamayman”

Hongkongda o‘tgan anjumanda Alibaba Group asoschisi, 52 yashar Jyek Ma muddatidan oldin nafaqaga chiqish haqida o‘ylayotganini aytib o‘tdi. Bu haqda Nikkei.com ma'lum qilgan.

Xitoyning elektron tijorat giganti Alibaba Group Holding rahbarligidan ketganiga uch yil bo‘lgan Jyek Ma “ofisda o‘lib qolishni istamasligini” ma'lum qilgan edi.

— Men 17 yillik umrimni elektron tijoratga sarfladim. Endi nafaqaga vaqtliroq chiqishni istayapman. Men, va nihoyat, dunyoni tomosha qilishni istayman, — dedi Jyek Ma. Ammo u biznesni qachon tark etishiga to‘la oydinlik kiritmagan.

Jyek Ma ayni damda kompaniya direktorlar kengashida rahbar lavozimida faoliyat yuritadi. Alibaba Group rahbari sifatida Daniel Chjan Yun ish olib boradi.
 

Top