08:41 / 05.12.2016
5226

Bitiruvchi muvaffaqiyatsiz faoliyati sabab Oksfordni sudga berdi

Foto: Getty Images

Oksford universiteti bitiruvchisi ta'lim dargohiga qarshi bir million funt sterlinglik da'vo kiritdi. Da'voning mazmuni "yomon va zerikarli ta'lim" bo‘lib, bu holat bitiruvchining omadli faoliyat olib borishiga to‘sqinlik qilgan. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

38 yashar Faiz Siddiqiy (Faiz Siddiqui) Oksford kollejlaridan biri Brasenosda zamonaviy tarixdan saboq olgan. Uning fikricha, tijorat sohasida omadli xalqaro advokat bo‘lishi mumkin edi, biroq bunga 16 yil oldin kollej tomonidan imtihonlarga qo‘yilgan yomon baholar to‘sqinlik qilgan. Shuningdek, Siddiqiyning ma'lum qilishicha, u hind tarixi kursidan past baho olgan, chunki o‘qituvchilar mashg‘ulotlarga “beparvo” yondashishgan.

Oksford universitetida bu da'voni asossiz hisoblashmoqda, chunki Siddiqiyning bitirib ketganini ancha yillar bo‘lgan.

Gazetaning ma'lum qilishicha, agar bu ishda Siddiqiy g‘olib kelsa, bu boshqa talabalarga ham mazkur yo‘nalishda shikoyat bildirishlariga yo‘l ochib beradi.


 

Mavzuga oid
Top