09:15 / 05.12.2016
13901

DSI xodimi “xizmat haqi” olayotgan vaqtda ushlandi

Andijon viloyati, Baliqchi tuman Davlat soliq inspeksiyasi bosh yurist konsultanti ma'muriy amaliyot bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida ishlagan Homidjon Komilovning (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) jinoiy xatti-harakatlari sud majlisida ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

U 2016 yil mart oyida DSI xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirida fuqaro X.Karimovning noqonuniy ravishda aholiga pulli transport xizmati ko‘rsatib kelayotgani haqida to‘plangan ma'muriy ish materiallarini sudga chiqarib, qoidabuzarga yengilroq jazo tayinlashi hamda ish hujjatlariga qo‘shilgan fuqaro X.Karimovga tegishli avtomashinaning texnik talonini qaytarib berish evaziga moddiy manfaat ko‘rishni rejalashtiradi.

Shu maqsadda huquqbuzar X.Karimovning qarindoshi Gulshanoy Rahmonovadan 1 mln. 300 ming so‘m pulni “xizmat haqi” sifatida olayotgan vaqtda ushlandi.

Sudning hukmi bilan H.Komilov O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalri bilan aybdor deb topilib, 5 yil muddatga muayyan huquqdan mahrum qilingan holda, eng kam oylik ish haqining 100 barobari miqdorida jarima jazosiga tortildi.

 

Mavzuga oid
Top