23:24 / 05.12.2016
8239

Fabregas bilan bog‘liq vaziyat uchun Fernandino aybdor deb topildi

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Fernandino «Chelsi»ga qarshi o‘yinda Sesk Fabregas bilan yuzaga keltirgan mojarosi uchun jazolanadigan bo‘ldi.

«Shaharliklar» rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra, yarimhimoyachi Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan uchta uchrashuvga chetlashtirilgan. Natijada «Ferna» APL doirasidagi «Lester» (10 dekabr), «Uotford» (14 dekabr) va «Arsenal»ga (18 dekabr) qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.

Braziliyalik xavbek faqatgina 26 dekabr kuni «Hall Siti»ga qarshi uchrashuvda safga qaytishi mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top