Rossiyaning Xanti-Mansiysk muxtor okrugida yirik yo‘l-transport hodisasiga tushgan bolalardan 16 nafarining ahvoli og‘ir qolmoqda, deb ma'lum qildi RIA “Novosti” axborot agentligi.
4 dekabrda Tyumen-Xanti-Mansiysk trassasida avtobus, yuk mashinasi va ikkita yengil mashina to‘qnashib ketgan. To‘qnashuv oqibatida 12 kishi, jumladan 10 bola halok bo‘lgan. Avtobusda Xanti-Mansiyskdan Nefteyuganskga akrobatika bo‘yicha musobaqalardan qaytayotgan bolalar jamoasi bo‘lgan.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Ural mintaqaviy markazi ma'lumotlariga ko‘ra, shifoxonaga 20 bola yotqazilgan.