08:39 / 05.12.2016
4672

Italiya A seriyasi. Rim derbisida «Roma» g‘alaba qozondi va boshqa natijalar

Italiya A seriyasining 15-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Markaziy uchrashuv Rimda ikki poytaxt jamoasi ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Kevin Strotman va Radja Naynggolan tomonidan kiritilgan gollar «Roma»ga g‘alaba keltirdi va natijada «Roma» 32 ochko bilan «Milan» bilan 2-o‘rinni bo‘lishib turibdi. «Latsio» esa 28 ochko to‘plagan holda 4-pog‘onani band etib turibdi.

Shuningdek yana bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda «Sampdoriya» «Torino»dan (2:0), «Sassuolo» esa «Empoli»dan (3:0) ustun kelgan bo‘lsa, «Peskara» va «Kalyari» durangga imzo chekishdi - 1:1.

Italiya ASeriyasi
15-tur

Latsio – Roma 0:2 (0:0)

Gollar: Strotman, 64 (0:1); Naynggolan, 77 (0:2).
Latsio: Marketti, Basta (Gabarron, 80), Uolles, Radu, Lulich, Parolo, Bigliya (Lombardi, 80), Milinkovich-Savich, Felipe Anderson, Immobile, Keyta (Kishna, 85).
Roma: Shchensni, Ryudiger, Manolas, Fasio, Emerson, de Rossi, Bruno Peres (Jyezus, 90), Strotman, Nainggolan, Perotti, Djyeko.
Ogohlantirishlar: Bigliya (29), Ryudiger (51), Strotman (67), Lulich (70), Parolo (79), Bruno Peres (84), Lombardi (90).
Chetlatish: Kataldi (66, Latsio).

Sampdoriya – Torino 2:0 (0:0)

Gollar: Barreto, 51 (1:0); Shik, 90+5 (2:0).

Sampdoriya: Pudjoni, Pedru Pereyra, Silvestre, Shkrinyar, Redjini, Barreto, Torreyra, Prat (Alvares, 83), Fernandesh (Linetti, 60), Kualyarella, Muriel (Shik, 90).

Torino: Hart, Dzappakosta, Rossettini, Kastan, Barreka, Benassi (Boyye, 70), Valdifori, Bazelli (Akkua, 84), Yago Falke (Lopes, 79), Belotti, Lyayich.
Ogohlantirishlar: Rossettini (22), Barreto (29), Benassi (58), Barreka (58), Bazelli (72).

Sassuolo – Empoli 3:0 (2:0)

Gollar: Pellegrini, 22 (1:0, pen); Richchi, 36 (2:0, pen); Raguza, 53 (3:0).
Ogohlantirishlar: Skorupski (22), Barba (34), Kroche (35), Krunich (43), Raguza (44), Mauri (61), Bellushi (66), Manyanelli (68), Antey (69), Matstsitelli (81).

Peskara – Kalyari 1:1 (0:1, 1:0)

Gollar: Borrello, 24 (0:1); Kaprari, 90+2 (1:1).
Chetlatish: Di Jyennaro (33, Kalyari).

Top