14:20 / 05.12.2016
8199

«Siti» va «Chelsi» bahs yakunidagi mojaro uchun Fernandino emas, Fabregas ayblanishi mumkin

«Chelsi» jamoasi yarim himoyachisi Sesk Fabregas APLning 14-turida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yindagi vaziyat uchun jazolanishi mumkin.

O‘yin yakunida boshlangan janjal vaqtida ispaniyalik futbolchi «shaharliklar» xavbeki Fernandinoning yuziga shapatilagan va keyin braziliyalik futbolchi o‘zini tutib tura olmay qolgandi. U Fabregasning bo‘ynidan tutib, uni maydondan tashqariga surib tashladi. Bu vaziyatda o‘yin hakami Fernandinoni aybdor deb topib, uni maydondan haydadi, Sesk esa o‘yinni davom ettirdi.

Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, o‘yinni boshqargan Entoni Teylor o‘z raportida Fabregasning Fernandinoni provakatsiya qilganini keltirmagan bo‘lsa, FA  ispaniyalik futbolchi uchun o‘zi jazo tayinlaydi. Londonliklar jamoasi xavbeki bu harakati uchun qizil kartochka olishi mumkin.

Klublarga va futbolchilar va xodimlardan iborat 30 nafardan ortiq xodimga nisbatan jazo choralari (jarimalar) 5 dekabr kuni qabul qilinadi.

Video: Gvardiola Fabregasni ko‘rishni istamadi

Top