18:55 / 05.12.2016
28769

Tarixdagi eng g‘alati va noodatiy ixtirolar

19 asrning oxirlarida boshlangan texnologik yangilanish hamda 20 asrda bunday jarayonning rivoji bir qator noodatiy va g‘alati ixtirolarga ham sabab bo‘ldi. Quyida shunday buyumlar ro‘yxatini keltiramiz.

 

Sichqonlarni qo‘rqitish uskunasi

Bunday uskuna mushuk tovushini chiqarib, sichqonni qo‘rqitishga xizmat qiladi. Uni kimgadir foyda keltirgani isbotlanmagan.

 

Avtomobilda kofe qaynatadigan asbob 

Avtomobilda bunday qurilmani yaratishga ilk mashina yo‘lga chiqqanidan beri harakat qilinadi. G‘oya 1950 yillarda ham taklif etilgan bo‘lib, hattoki tuxumlarni qaynatish uskunasi va soqol olishga mo‘ljallangan asboblar ham bo‘lgan.

 

 

Motorli unisikl

Transport vositalari bilan turli tajribalar o‘tkazish bugun davom etmoqda. Bunday konstruksiyalar qachonlardir odatiy mototsikllar o‘rnini egallashi ham kutilgandi.

 

Qimmatbaho maysa o‘rish uskunasi

Yopiq kabina, magnitolali va joystik bilan boshqariluvchi maysa o‘rish uskunasi – bugun bu haqda faqatgina professional kombaynchi orzu qilishi mumkin.

 

Nur chiqaruvchi g‘ildiraklar

Goodear kompaniyasi 1961 yilda o‘zidan nur taratuvchi shinalarni ishlab chiqarish borasida bosh qotirgan. Ular shaffof kauchukdan qilingan bo‘lib, ichida g‘ildirakni yoritib turuvchi neonli trubkalar o‘rnatilgan.

 

Bolalar uchun oyna panjaralari

Emizikli bolalar uchun toza havoning shartligi 1937 yilda quyidagi yo‘l bilan hal etilmoqchi bo‘lgan – bu yerga chaqaloqni hech qanday xavotirlarsiz joylashtirish mumkin bo‘lib, uning tushib ketmasligi kafolatlangan.

 

Oftobda qorayishga mo‘ljallangan mobil qurilmalar

20 asrning o‘rtalarida chiroyli oftobda qorayishga intilish shunchalik kuchli bo‘lganki, hattoki ba'zi bir ishlab chiqaruvchilar bunday qurilmalarni savdo markazlari va shahar ko‘chalarida o‘rnatish niyatida bo‘lishgan.

 

Sochi to‘kilgan joyni sayqallash cho‘tkasi  

Soch to‘kilishi – insoniyatning eng jiddiy muammolaridan biri bo‘lib, uni chiroyli ko‘rinishga keltirish ham mumkin. Buning uchun muammoli joyni sayqallashga mo‘ljallangan maxsus cho‘tkadan foydalaniladi.

 

Suyuq ovqatni sovituvchi uskuna

Tijoriy foyda olish maqsadida 1948 yilda suyuq oshni sovitishga mo‘ljallangan maxsus uskuna o‘ylab topilgan. Bugun bunday buyum savdoga chiqarilganda, uning mobil ilovasi ham albatta bo‘lar edi.

 

Yuz uchun teshikli shezlong 

Bu ko‘proq foyda keltiradigan ixtiro sanalib, o‘z vaqtida sevimli kitobdan ko‘z uzmay turib oftobda qorayish imkonini yaratgan.

Top