19:01 / 05.12.2016
5520

O‘zbekistonlik kurashchilar xalqaro turnirda 4ta medalga ega bo‘lishdi

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari Rossiyada o‘tgan an'anaviy xalqaro turnirda 1 kumush va 3 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasidan ma'lum qilinishicha, vazni 98 kilogrammgacha bo‘lgan kurashchilar o‘rtasidagi bellashuvlarda qatnashgan tajribali polvonimiz, Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, jahon chempionati sovrindori, Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Rustam Assakalov finalgacha barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.

Ilhom Bahromov, Aram Vardanyan va Mo‘minjon Abdullayev uchinchi o‘rinni egalladi.


 

Top