15:15 / 05.12.2016
8578

Zidan «Real»da navbatdagi rekordni yangilashi mumkin

Ispaniya chempionatining 15-turida «Deportivo»ga qarshi o‘yinda «Real» bosh murabbiyi Zaynidin Zidan g‘alaba orqali «qaymoqranglilar» jamoasining sobiq bosh murabbiyi Leo Benxakkerning rekordini takrorlashi mumkin.

Niderlandiyalik mutaxassis «Real» boshqaruvida 1989 yili «Selta»ga 0:2 hisobida mag‘lubiyatdan keyin 34 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyani amalga oshirgandi. Ispaniya chempionatining 14-turida «Barselona»ga qarshi o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgach, Zidanning mag‘lubiyatsiz seriyasi 33ta o‘yinga yetdi va u Anchelottining rekordini yangiladi. Madridliklar mag‘lubiyatsiz seriya davomidagi o‘yinlarda 26 marta g‘alaba qozongan va 7 marta durang o‘ynagan. To‘plar nisbati – 93:30.

Benxakker «Real»ni ikki marta boshqargan: 1986-1989 yillarda va 1991-1992 yillarda. 

Ayni vaqtda Ispaniya chempionatida eng uzoq mag‘lubiyatsiz seriya «Barselona» va Luis Enrike tomonidan amalga oshirilgan: ushbu mutaxassis boshqaruvidagi jamoa 2015/16 yilgi mavsumda 39 uchrashuvda mag‘lubiyat neligini bilmadi.

Mavzuga oid
Top