23:26 / 06.12.2016
23692

2016 yilning eng mashhur aktyorlari nomi ma'lum bo‘ldi

Jahonda yirik kinokatalog bo‘lgan IMDb o‘z saytida eng mashhur aktyorlarning yillik ro‘yxatini e'lon qildi.

Reytingni avstraliyalik aktrisa «O‘z-o‘zini o‘ldiruvchi otryad» va «Tarzan» kinokartinalarida suratga tushgan Margo Robbi boshqarib bormoqda. Ikkinchi o‘rin «Taxtlar o‘yini» seriali yulduzi Emiliya Klarkka tegishli. Uchinchi o‘rinda esa 12 yashar Milli Bobbi Braun bormoqda. U «Judayam g‘aroyib ish» kartinasida suratga tushgan.

O‘nlikka, shuningdek, Tom Xardi, Morena Bakkarin, Gal Gadot, Alisiya Vikander, Deyzi Ridli va Xeyli Bennett kiritilgan. Ro‘yxatni amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprio yakunlab bergan.

 

Mavzuga oid
Top