13:12 / 06.12.2016
15572

Mo‘g‘ulistonda dunyodagi eng uzun yuk mashinalari tirbandligi yuzaga keldi

Mo‘g‘ulistondagi Oyuu tolgoy konida eksportni to‘xtatish oqibatida Xitoy-Mo‘g‘uliston chegarasida yuk mashinalaridan iborat juda katta tirbandlik yuzaga kelgan. Bu holat Xitoyning ko‘mir va mis konsentlarini olib o‘tishga bo‘lgan yangi bojxona yig‘imlari bilan bog‘liq, deb xabar beradi mahalliy Montsame axborot agentligi.

«Turquoise Hill Resources» kompaniyasining xabar berishicha, Oyuu konida mis konsentatini eksport qilish birinchi dekabrdan boshlab noma'lum muddatga qoldirilgan.

Kompaniyaning ta'kidlashicha, Xitoy tomonining yangi talabi sabab juda katta yuk mashinalari tirbandligi paydo bo‘lgan. Ular nazorat punkti va chegaradan o‘tish navbatini poylashmoqda. 

Xitoy esa yangi bojxona yig‘imlarini Gants mod chegara punktidagi uskunalarni modernizatsiya qilish maqsadida kiritdi. 

«Frontera» nashri Mo‘g‘ulistondan Xitoyga cho‘zilib ketgan 60 kilometrlik yuk mashinalarining tirbandligi tasvirlangan videoni chop etdi.
 

Mavzuga oid
Top