Saudiya Arabistoni podshohligi poytaxti Ar-Riyod jinoyat sudi 15 kishidan iborat jinoiy guruh a'zolarini oliy jazoga mahkum etdi.
Ular Eron foydasiga josuslik qilganlikda aybdor deb topilgan. Bu haqda "Al-Arabiya" sun'iy yo‘ldosh telekanali xabar qilgan.
Ayblanuvchilarning barchasi oddiy fuqarolar ekani aytilmoqda.