16:05 / 06.12.2016
36236

Befarosat va farosatli insonning bir voqea misolidagi farqi

Foto: informburo.kz

Yensaniyat nomi ostidagi arabistonlik Twitter foydalanuvchisi ko‘chalarni tozalovchi farroshni qidirish bo‘yicha butun bir kampaniyani ishga tushirdi. Gap shundaki, u ijtimoiy tarmoqda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi qimmatbaho taqinchoqlar do‘koni rastalariga tikilib turgan farroshning suratini ko‘rib qoladi. Suratning tagiga "Yaxshisi chiqindilarga qarasa bo‘lardi", degan tahqirlovchi so‘zlar yozilgan edi. Bu uning hamiyatiga tegadi.

Bir necha soat ichida Ensaniyat'ning posti 6000dan ziyod foydalanuvchilar tomonidan tvitlandi. Ko‘pchilik maxsus farrosh kiyimidagi kishini izlashga tushdi. O‘sha kunning o‘zidayoq uni topishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu 65 yoshli Nosir Al-Islom Abdul Karim bo‘lib chiqdi. 

Abdul Karimning surati befarq qoldirmagan kishilar o‘sha rastaning oldida unga qimmatbaho zargarlik buyumlari va so‘nggi modeldagi iPhone, shuningdek bir necha qop guruch sovg‘a qilishdi.

Bir voqea misolida inson tabiatining ikki qutbi namoyon bo‘ladi. Kimdir o‘z befarosatligi bilan zavq olsa va buni tabiiy, deb bilsa, boshqa birov shunchaki inson bo‘lgani uchun farosat bobida o‘rnak bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top