Bugun 6 dekabrdan Stokgolmda Nobel mukofoti sovrindorlarini olqishlash haftaligi boshlanadi. Unda tibbiy va fiziologiya, fizika, kimyo va iqtisodiyot bo'yicha bu yilgi sovrindorlar taqdirlanadi, deb xbar qilmoqda Nobel jamg'armasi matbuot xizmati. 

Anjuman bir necha yillar avval joriy bo'lgan an`ana bilan yakunlanadi — laureatlar Nobel muzeyidagi kursilarga o'z imzolarini qo'yishadi.

Mukofotlar topshiriladigan 10 dekabrgacha sovrindorlar jurnalistlar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashadi. Talabalar va o'qituvchilar oldida ma`ruza qilishadi. Rasmiy qabul jarayonlarida ishtirok etishadi. 

8 dekabr kuni jahon klassik sahnasi yulduzlari ishtirokida Nobel konserti bo'lib o'tadi. 2016 yilda sovrindorlar qarshisida niderlandiyalik skripkachi Yanin Yansen va italiyalik dirijyer Janandrea Nozeda chiqish qiladi.

Haftaning kulminatsiyasi mukofotlarni topshirish kuni hisoblanadi. Shu munosabat bilan Stokgolm va Osloda 10 dekabrda taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi. Ayni shu kuni mukofot asoschisi Alfred Nobel (1833–1896) vafot etgan. Norvegiya poytaxtida Nobel vasiyatiga ko'ra, faqatgina tinchlik mukofoti topshiriladi. 2016 yilda har bir yo'nalish bo'yicha mukofot jamg'armasi 8 million shved kronasi (932 ming AQSh dollari)ni tashkil etadi. 

2016 yilda 11 kishi ushbu mukofot sovrindori bo'ldi. Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos tinchlik mukofotiga munosib ko'rildi. Stokgolm va Oslodagi taqdirlash marosimida adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun mukofotlangan Bob Dilandan boshqa barcha laureatlar qatnashadi.