11:00 / 07.12.2016
8256

Dunyodagi eng murakkab qandolat uychasi 15 oy davomida qurildi

Londondagi Biscuiteer kompaniyasi qandolatchilari Rojdestvo desertini tayyorlashdi. U dunyodagi eng murakkab qandolat uychasi deb tan olindi, xabar bergan Yahoo! Style. Mahsulotni tayyorlash uchun 15 oy talab etildi.

Pazandalar 240 tuxum, 216 kilogramm shakar-qiyom va 30 kilogramm shakardan foydalanishdi. Uychaning balandligi – 180 santimetrga teng. Unda besh xona bo‘lib, ko‘zgular, kamin, qandillar, taniqli kartinalar va choyshabli karavot ham mavjud.

Qandolat uychasi Rotshildlarning Angliyadagi Bakingemshir grafligida joylashgan Uoddesdon dang‘illama hovlisiga o‘xshash qilib yaratildi. Uni aynan shu yerda 2017 yilning mart oyiga qadar tomosha qilish mumkin bo‘ladi. Shundan so‘ng desertni nima qilishlari oshkor etilmagan.


 

Top