10:03 / 07.12.2016
28605

Obama Iroqda IShIDning paydo bo‘lishi sababini aytdi

Foto: bradenton.com

AQSh prezidenti Barak Obama Vashingtonning Iroqda Saddam Husayn tuzumini ag‘darish bo‘yicha harbiy operatsiya vaqtida yo‘l qo‘ygan xatolari IShID terrorchilik guruhi paydo bo‘lishining sabablaridan biri bo‘lganini aytdi.  

Ma'lum qilinishicha, Obama bu haqda AQSh harbiy-havo kuchlarining Makdil bazasidagi terrorchilikka qarshi kurash haqidagi nutqida aytib o‘tdi.

"Biz 2003 yilgi bostirib kirishning ba'zi xatolarini takrorlashdan bosh tortdik. Bu xatolar keyinchalik IShID nomi bilan tanilgan tashkilotning o‘sishiga turtki bergan", deb aytdi Obama.

Avvalroq Pentagon rahbari Eshton Karter AQSh boshchiligidagi koalitsiya qurolli kuchlari IShID yo‘q qilingandan keyin ham Iroqda o‘z faoliyatini yakunlamasligi kerakligini aytgandi.

 

Mavzuga oid
Top