15:26 / 07.12.2016
6162

«Oqqush-odam» La-Mansh uzra parvoz qildi

Foto: WWT

Buyuk Britaniya fuqarosi Sacha Dench ov qilinishi oqibatida so‘nggi 15 yil ichida kamayib ketgan oqqushlarga insoniyat e'tiborini qaratish maqsadida La-Mansh bo‘g‘ozini paramotorda kechib o‘tdi. Bu haqda Mashable xabar bermoqda.
OAV tomonidan «oqqush-odam», deya e'tirof etilgan ayol o‘z sayohatini 2016 yilning sentabr oyidan boshlagan edi. Dench hattoki Buyuk Britaniyaga qishlash uchun uchayotgan oqqushlarning yonginasidan uchib o‘tgan.

U bilan sayohat davomida bir nechta ko‘ngilsizliklar sodir bo‘ldi. Masalan, Sacha tizzasini jarohatlab oldi. Bundan tashqari, Sharlotta nomi berilgan va ayol tomonidan maxsus belgilangan qush Estoniyadagi noqulay ob-havo sharoiti sabab nobud bo‘ldi.

Sacha Sharlottaning o‘limidan qattiq ta'sirlandi va qishki ko‘chish — qushlar uchun og‘ir ekanligini yodida qoldirdi.

Top