13:54 / 07.12.2016
15768

Ramzan Qodirov mashg‘ulotda olgan jarohati sabab operatsiya qilindi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov mashg‘ulotlar vaqtida olgan jarohatlar sabab unda jarrohlik operatsiyasi o‘tkazilganini ma'lum qildi.

"Siz mashg‘ulotlarda raqiblarim menga zarba bera olmasligini ko‘p yozardingiz. Bu safar boshqacha bo‘ldi", — deb yozgan Qodirov Instagram’dagi o‘z sahifasida.

Checheniston rahbari shu bilan birga respublikadagi shifokorlarning saviyasiga yuqori baho bergan. Qodirovning ta'kidlashicha, uni boshqa mamlakatda operatsiya qilish tavsiya etilganiga qaramay, u Rossiyada qolgan.

 

Mavzuga oid
Top