17:40 / 07.12.2016
4806

Silvio Berluskoni yurak bilan bog‘liq muammo tufayli kasalxonaga yotqizildi

Foto: AFP

Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni chorshanba kuni yurak bilan bog‘liq muammo tufayli kasalxonaga olib ketildi. Bu haqda Askanews portali xabar bergan.

«Biz ko‘rikdan o‘tkazish jarayonini yakunlamoqdamiz. Berluskoni yaqin orada kasalxonadan chiqariladi», - deya xabar qilgan Italiya sobiq bosh vazirining davolovchi shifokori Alberto Dzangrillo.

Uning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchida yurak bilan bog‘liq muammolar mamlakatdagi siyosiy vaziyat sabab paydo bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Berluskoni sentabrda ham Nyu-York shahrida yurak bilan bog‘liq muammolar sabab kasalxonaga tushib qolgandi.
 

Top