12:54 / 07.12.2016
4762

Sumatra qirg‘oqlaridagi zilzila qurbonlari 54 nafarga yetdi

Foto: Reuters

Indoneziyaning Sumarta orolida yuz bergan zilzila qurbonlari soni 54 nafarga yetdi. Bu haqda “Assoshieyted Press” agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq ular soni 25 nafar ekanligi xabar berilgan edi.

General-mayor Tatan Sulaymonning ma'lum qilishicha, 52 kishi Pididjaya okrugida, qolgan ikki nafar kishi esa Biryoen okrugida halok bo‘lgan. Kamida 78 kishi jiddiy jarohat olgan.

Avvalroq Pididjaya tuman rahbari o‘rinbosari Said Mulyadiy qutqaruvchilar vayronalar ichida ish olib borayotgani, baxtsiz hodisa joyiga og‘ir texnikalar yetib kelganini xabar qilgan edi.
 

Mavzuga oid
Top