09:54 / 07.12.2016
42939

«UZDIGITAL TV» raqamli televideniye imkoniyatlarini kengaytirmoqda!

«UZDIGITAL TV» kompaniyasi 2009-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi paytda jismoniy va yuridik shaxslarga raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatayotgan yetakchi provayderlardan biridir, shuningdek, bugungi kunda yuqori sifatli telekanallar sonini ko‘paytirish va qamrov hududini muntazam kengaytirish bo‘yicha yutuqlarga erishmoqda.

«UZDIGITAL TV» kompaniyasi 2012-yildan boshlab “O‘zbekiston Respublikasida raqamli teleeshittirishga texnik va texnologik o‘tishga doir Davlat dasturi” ni amalga oshirishda o‘z hissasini qo‘shmoqda. Mazkur dastur doirasida, 2016-yilning 1-dekabridan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida sinov tariqasida telekanallar soni 60 taga yetkazildi. Shulardan bir nechtasi HD formatdagi telekanallardir.

Qo‘shimcha kanallarni ko‘rish uchun abonentlar «Miks» tarifiga ulangan bo‘lishlari va asosiysi DVB-T2 standartida ishlaydigan qurilma (tyuner)ga yoki DVB-T2 standartida ishlaydigan zamonaviy televizorga ega bo‘lishlari kerak. 

DVB-T2 standartining asosiy ustunligi radiochastota spektridan unumli foydalanish va yuqori sifatli teleeshittirishga erishish imkoniyatini ta'minlashidadir. Aynan shuning uchun DVB-T2 standartidan foydalanib efirni kengaytirish yo‘li bilan yangi telekanallar qo‘shish imkoniyati mavjud bo‘ladi. 

Batafsil ma'lumot uchun: http://uzdtv.uz/ru/tariff 
«UZDIGITAL TV» Yuqori sifatli televideniye!

Reklama huquqi asosida.

Top