03:29 / 07.12.2016
6825

V guruhi. Kiyevda «ko‘milgan» «Beshiktosh» pley-offsiz qoldi

Foto: Twitter/Champions League

So‘nggi turga qadar intriga saqlanib turgan V guruhida barcha umidlardan mahrum bo‘lgan Kiyevning «Dinamo» klubi so‘nggi turni ajoyib tarzda o‘tkazdi va «Benfika» va «Napoli»ga yordam berib yubordi. Albatta hakamlarning biroz yordami evaziga bo‘lsada Rebrov shogirdlari pley-offga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lib turgan «Beshiktosh» darvozasiga javobsiz 6ta to‘p kiritishdi. 

Bu esa «Benfika» foydasiga ishladi. Jamoa o‘z uyida «Napoli»ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsada, ikkinchi o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritadigan bo‘ldi. Neapolliklar esa baribir guruhda birinchi bo‘lishni uddalay olishdi. «Beshiktosh» esa Yevropa ligasida ishtirok etadi.

Benfika (Portugaliya) – Napoli (Italiya) 1:2 (0:0)
Gollar:
0:1 – 60 Kalexon, 0:2 – 79 Mertens, 1:2 – 87 Ximenes.
Benfika: Ederson, Luizao, Andre Almeyda, Nelson Semedu, Lindelef, Feysa, Pitstsi, Gonsalu Gedesh (Rafa Silva, 57), Salvio (Mitroglu, 80), Servi (Karrilo, 68), Ximenes.
Napoli: Reyna, Albiol, G‘ulom, Hyusay, Kulibali, Gabbyadini (Mertens, 57), Allan, Kalexon, Hamshik (Zelinski, 72), Insine (Rog, 80), Diavara.
Ogohlantirishlar: Kulibali (15), Pitstsi (89).

Dinamo (Kiyev, Ukraina) – Beshiktosh (Turkiya) 6:0 (4:0)
Gollar:
1:0 – 9 Besedin, 2:0 – 30, penalti Yarmolenko, 3:0 – 32 Buyalskiy, 4:0 – 45, avtogol Xatchinson, 5:0 – 60 Sidorchuk, 6:0 – 77 Morayes.
Dinamo Kiyev: Rudko, Xacheridi, Antunesh, Burda, Vida, Buyalskiy, Rybalka, Sidorchuk (Korzun, 66), Yarmolenko, Gonsales (Tsygankov, 69), Besedin (Morayes, 77).
Beshiktosh: Fabrisio, Marselo, Adriano, Bek, Toshich, Arslon (Tosun, 46), Xatchinson, O‘zyaqub, Kuarejma (Fray, 70), Shaxan (Genyul, 46), Abubakar.
Ogohlantirishlar: O‘zyaqub (20), Abubakar (30), Burda (43), Adriano (49).
Chetlatishlar: Bek (29), Abubakar (56).

Mavzuga oid
Top